«Roma» prezidenti klubni AQSh kompaniyasiga sotmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 294
42
«Roma» prezidenti Jeyms Pallotta klubni AQShning "Friedkin Group" kompaniyasiga sotish bo'yicha muzokaralarni qayta boshladi. Bu haqda "Football Italia" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar klubni 600 million evroga sotish/sotib olish masalasini muhokama qilishmoqda.
"Friedkin Group" anchadan beri «Roma»ga qiziqish bildirayotgan edi. Avvalroq tomonlar 800 million evroga klubni sotish masalasini muhokama qilishgan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq inqiroz yuzaga chiqdi. Amerikaliklar narxni tushirishga urinishdi, ammo Pallotta bunga rozi bo'lmayotgan edi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Pallotta «Roma»ni sotib, «Nyukasl»ga investitsiya kiritishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
418