Evropaning 4ta top-ligasida 30dan oshgan futbolchilar eng yaxshi to'purar bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298

Evropaning eng kuchli to'rtta milliy chempionatlarida 30 yoshdan oshgan futbolchilar eng yaxshi to'purar unvonini qo'lga kiritishdi.
Angliya premer—ligasi — Jeymi Vardi ("Lester", 33 yosh, 23 gol).
Ispaniya La ligasi — Lionel Messi ("Barselona", 33 yosh, 25 gol).
Italiya A seriyasi — Chiro Immobile (Latsio, 30 yosh, 36 gol).
Germaniya Bundesligasi — Robert Levandovski (Bavariya, 31 yosh, 34 gol).
Eslatib o'tamiz, Evropa milliy chempionatlarining eng yaxshi to'purariga taqdim etiladigan "Oltin butsa" sovrinini Chiro Immobile qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349