«Sevilya» koronavirusga chalingan o'yinchini Evropa ligasi qaydnomasiga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323

"Sevilya" klubi Evropa ligasining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Roma"ga qarshi o'yin uchun qaydnomaga koronavirusga chalingan futbolchini kiritdi. Bu haqda "Football Italia" xabar tarqatdi.
Avvalroq 28 yoshli futbolchi Nemanya Gudeli Covid-19'ga topshirgan test musbat natija bergan edi. Qoidaga ko'ra, futbolchi 29 iyul sanasidan boshlab ikki haftalik karantinda o'tirishi kerak.
"Sevilya" va "Roma" o'rtasidagi o'yin 6 avgust kuni Duysburg shahrida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
474