Ronaldino avgust oyida ozodlikka chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 211

Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldino 2020 yilning avgust oyida ozodlikka chiqadi. "ESPN" tarqatgan xabarga ko'ra, 40 yoshli sportchi qonunga xilof ravishda soxta hujjat bilan Paragvayga kirganini tan olishga tayyor.
Sud jarayonida Ronaldino o'ziga va akasi Robertoga soxta hujjatlarni braziliyalik biznesmen Vilmondes Souza Liriya tayyorlab berganini tan oldi. U o'z fikrini o'zgartirmasa, jarima to'lash bilan qutulib qoladi.
Shuningdek, manbaga ko'ra, Ronaldino Braziliyani butunlay tark etmoqchi. U akasi bilan birga Ispaniyaning Kasteldefels tumanidan uy sotib olmoqchi.
Ma'lumot o'rnida: "Barselona"ning yulduz futbolchilari — Lionel Messi, Luis Suares va boshqalar aynan shu tumanda istiqomat qilishadi.

Bosh sahifaga
454