So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Frenk Lempard: «Angliya kubogi finaliga tarkib tanlash qiyin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 466
«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard «Arsenal»ga qarshi bo'ladigan Angliya kubogi final bahsi oldidan o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Kubok finaliga tarkib tanlash hamisha qiyin. Chunki jamoada raqobat mavjud. Bunday uchrashuvlarda asosiy tarkib futbolchilari maydonga chiqishini qanchalik istashini bilaman. Axir zaxira tarkib o'yinchilari so'nggi o'yinlarda natijaga ta'sir ko'rsatishdi. Qaysidir o'yinchini final uchrashuvida zaxirada qoldirish men uchun qiyin. O'yinchilar buni qabul qilishlari qiyin, ammo ular ijobiy kayfiyatni saqlab qolishlari kerak.
Kante va Villian o'yin qaydnomasidan o'rin olishadi. Ko'ramiz, ular qanday formada bo'lisharkan. Ruben Loftus-Chik engil jarohat oldi va u «Arsenal»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi», — dedi Lempard.