Beyl Evro-2020dan chetda qolsa ham «Real»da qolishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469

«Real» hujumchisi Garet Beyl Madridda qolishga qat'iy qaror qabul qildi. "Mirror" tarqatgan xabarga ko'ra, 31 yoshli futbolchi Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggzga bu haqda xabar berdi.
Shuningdek, Garet terma jamoadagi xodimlari va sheriklariga ham o'z qarorini ma'lum qildi. Beyl "Qirollik klubi"da o'yin amaliyotisiz qolib ketib, kelasi yili o'tkaziladigan Evropa chempionatidan chetda qolib ketishdan ham xavotir olmayapti.
Beyl 2019/20 yilgi mavsumda «Real» safida barcha musobaqalar doirasida 20ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
373