Xaverts "Chelsi"ga o'tadimi yoki yo'qmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 308

Germaniyaning "Bayer" klubi rahbari Simon Rolfes jamoa futbolchisi Kay Xaverts borasi hech qanday taklif olmaganini bildirdi.
«Hozircha bizda hech qanday taklif yo'q. Futbolchimizga boshqa klublar qiziqayotganini bilamiz, lekin hali rasmiy taklif bo'lmadi. Joriy mavsumni mavjud tarkib bilan yakunlanimiz borasida bir necha marotaba aytdikyu Kay ham bundan mustasno emas. O'ylaymanki, buni tushuntirishni hojati yo'q.
Xaverts bor e'tiborini jamoamizga qaratmoqda. U mish-mishlardan xavotirga tushayotgani yo'q. Uning hozirgi holati juda yaxshi. Kay yaxshi taasuroot qoldirmoqda. Ta'til unga jamoamizning boshqa futbolchilari kabi yordam beradi», - Rolfesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal portali.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli Xavertsni "Chelsi" klubi 80 million evro sotib olishga harakat qilmoqda.

Bosh sahifaga
416