Villianga beshta klubdan taklif bor, ularning orasida kim asosiy davogar?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 434

Londonning "Chelsi" klubini erkin agent sifatida tark etgan Villianning agenti Kia Jurabchanni xabar berishicha, braziliyalik futbolchiga beshta klubdan taklif bo'lmoqda. Eng qiziqarlisi, barcha klublar rasmiy so'rov yuborgan.
Taxmin qilinishicha, eng katta va eng foydali shartnoma – Devid Bekxemning «Inter Mayami» klubidan bo'lmoqda. Shuningdek, Kataloniyaning «Barselona» klubi ham uch yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Jurabchanning fikricha, Villianga APLning ikki, MLSning bir va yana ikki taklif Evropaning boshqa klublaridan bo'lmoqda. 1 avgust yakshanba kuni Villian Angliya Kubogi finalidan so'ng, katta ehtimol bilan «Chelsi»ni tark etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
409