So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Belarus chempionati. «Shaxtyor» g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219
Belarus chempionatining 20-turiga start berildi. Mavsum peshqadami "Shaxtyor" klubi safarda "Slutsk" mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Bahsning 25-daqiqasida belgilangan penaltini Arxipov aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo'limda esa Antich jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi (ha, soligorsklar safida o'zlarining penaltichisi va jarima zarbasi yo'llaydigan futbolchilari bor).
Jasur Yaxshiboev butun o'yin davomida faol harakat qildi. U bahsni asosiy tarkibda boshlab, hakamning final hushtagiga qadar maydonda harakat qildi.
Ushbu g'alaba tufayli "konchilar" o'z ochkolarini 40taga etkazib, musobaqa jadvalida peshqadamlikni davom ettiradigan bo'lishdi.
Belarus chempionati, 20-tur
Slutsk – Shaxtyor 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 25, penalti Arxipov, 0:2 – 62 Antich.
Slutsk – Pankratov, Krivulkin, Anyukevich, Chebotaev, Takulov, Buraev, Teterenko, Salu, Semenov, Apanasovich (Serdyuk, 63), Zuevich (Velko, 71).
Shaxtyor – Gutor, Sachivko, Antich, Xadarkevich, Selyava, Ivanovich, Podstrelov (Bodul, 59), Vukmanich (Burko, 46), Szoke, Yaxshiboev, Arxipov (Balanovich, 29).