Blatter: "Infantino lavozimidan olinishi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421

FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter tashkilotning ayni damdagi rahbari Janni Infantinoni lavozimidan bo'shatish kerakligini aytdi.
"Shaxsan men uchun vaziyat ayon. FIFA etika qo'mitasi Infantinoga nisbatan ish ochishi kerak, shunga yarasha, u lavozimidan olinishi kerak", — deydi Blatter.
Avvalroq Shveytsariya prokuraturasi Infantinoga nisbatan jinoiy ish qo'zg'agani ma'lum bo'lgandi. 50 yoshli funktsioner mamlakat sobiq bosh prokurori bilan maxfiy uchrashuvlar o'tkazganlikda gumon qilinmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364