Koronavirusga qarshi kurashda kim faolroq?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

Stadion.uz pandemiya chog'ida xayriyaga qo'l urayotgan futbolchilar bilan tanishtirib boradi.
Ko'plab dunyo darajasidagi futbolchilarning turli xayriyalarga qo'l urishi odatiy tusga kirgan. Ayniqsa, bugungi kundagi og'ir vaziyatda ko'plab futbolchilar vaziyatga chetdan qarab turmayapti. Birinchilardan bo'lib bu ishga Krishtianu Ronaldu qo'l urdi desak, adashmagan bo'lamiz. Krish va uning agenti Jorjo Mendesh Lissabondagi “Santa Maria” va “San Antonio” shifoxonalariga moddiy yordam qo'lini cho'zishdi. Ayni damda, Portugaliyad COVID-19 bilan og'irgan bemorlar saqlanayotgan shifoxona uchun Ronaldu va uning agenti suniy nafas olish moslamalari va kerakli dori-darmonni ham hozir qilishdi. Mahaliy nashlarning ma'lum qilishicha, Ronaldu va Mendesh shifoxonalar uchun sarflangan summa 2 million evro atrofida.
Bundan tashqari, Ronaldu vatanidagi barcha shaxsiy mehmonhonalarini shifoxonaga aylantirishga qaror qildi. E'tiborlisi shundaki, ushbu yangi shifoxonalarda bemorlar tekinga davlonmoqda. Ayrim nashrlar esa, Ronalduning o'zi shifoxona personalining maoshini to'layotgani haqida ma'lumot tarqatmoqda.
Vaziyatga futbol olamining eng mashhur shaxslaridan yana biri – Leo Messi ham jim qarab turmayapti. Argentinalik futbolchi o'tgan oyda “ClincdeBarcelona” shifoxonasi uchun 1 million evro xayriya qildi. Bundant tashqari, o'z tayyorasida Argentinaga ham gumanitar yordam jo'natdi. Qahramonimiz o'zi tug'ilib o'sgan shahar aholisi uchun yangi shifoxona qurdirishni boshlab yuborgan.

“Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Mesut O'zil ham voqeaga chetdan qarab turishni o'ziga ep ko'rmadi. Qahramonimiz Turkiyadagi virus bilan og'rigan oilalarga 120 ming evro xayriya qildi. Bu shunchaki, rasmiy ma'lumot holos. Aslida, O'zil har yili judda katta summada xayriyaga qo'l uradi, biroq ularning sir bo'lib qolishini talab qiladi.
Yaqindagina, Izmirdagi markaziy shifoxona hodimlaridan biri O'zil har yili kamida 200 ta yosh bolalarning og'ir operatsiyalari uchun pul ajratishi haqida ma'lum qilgan edi.

“Liverpul” etakchisi Muhammad Salah ham O'zil singari savobli ishlarga qul urishni hush ko'ruvchilar sirasiga kiradi. Qahramonimiz Misr sog'liqni saqlash vazirligi hisob raqamiga 1,17 million evroni o'tkazib berdi. Bundan tashqari, o'zi tug'ilib o'sgan qishloqchadagi shifoxona va maktab qurilishini to'liq yakunladi.

Ayni damda transfermarket tomonidan dunyoning eng qimmat futbolchisi deb e'tirof etilayotgan Killian Mbappe ham Sovid-19ga qarshi kurashga o'z hissasini qo'shdi. “Le10sport”ning ma'lum qilishicha, Killian “Abbe Pierre Foundation” uchun xayriya qilgan. Ushbu fond asosan uysiz insonlarni himoya qilish uchun tuzilgan. Bundan tashqari, Killian Parijdagi shifoxonalarga 400 ming evroga teng turli dori-darmonlarni etkazib berdi.
Murabbiylar orasida birinchilardan bo'lib Pep Gvardiola jonbozlik ko'rsatdi. “Manchester Siti” uztozi, Ispaniya COVID-19ning birinchi to'lqinini boshidan o'tkazayotganda kerakli asbop-anjomlarni harid qilish uchun “Fundasio Angel Daniel” fondiga 1 million evro xayriya qildi.

Futbol olamidagi bunday ishlardan ta'sirlangan Bundesliga vakillari ham qo'lni qovushturib turishni o'zlariga ep ko'rishmadi. “Bavariya”klubi futbolchisi Joshua Kimmix birinchilardan bo'lib #Wekickcorana hechtegini ishga tushirdi. Ushbu tashabbusga birinchilardan bo'lib Robert Levandovski qo'shildi va turmush o'rtog'i bilan birgalikda 1 million evroni xayriya qilishdi. Shuningdek, Sane ham yangi jamoadoshlaridan ortda qolishni istamadi va 500 ming evroni COVID-19ga qarshi kurash uchun sarf etdi.


Bosh sahifaga
380