So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Der Spiegel: «Manchester Siti» CAS'ga yolg'on ko'rsatma bergan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 479
Germaniyaning "Der Spiegel" nashri «Manchester Siti» klubi Sport arbitraj sudi (CAS)ga yolg'on ko'rsatma berdi degan fikrda.
Eslatib o'tamiz, UEFA "Siti"ning moliyaviy faoliyatini tekshirganidan keyin moliyaviy feyr-pley qoidasi buzilgani tufayli klubni 2 yilgi evrokuboklardan chetlatgan edi. Klub esa CAS'ga apellyatsiya bergan edi. Sud esa bu ishni ko'rib chiqib, diskvalifikatsiyani bekor qildi va jarima miqdorini 10 mln. evroga kamaytirdi.
"Der Spiegel" ma'lumot berishicha, "Man Siti" direktori Saymon Pirs homiylik mablag'larini o'tkazish bilan shug'ullanmagani haqida yolg'on ko'rsatma bergan. Buning isboti sifatida nashr Pirs va «Man Siti» titul homiysi hisoblangan "Etihad Airways"ning tijorat ishlari bo'yicha direktori Piter Baumgartner o'rtasidagi yozishmani e'lon qildi.
«Man Siti» esa ushbu ayblovga munosabat bildirishga ulgurdi ham "Der Spiegel"ning harakatlarini "surbetlik" deya baholadi.