So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Kepa APL antirekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360
"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga Angliya premer-ligasi tarixiga o'z nomini yozib qo'ydi. Ispaniyalik golkiper APL antirekordini o'rnatdi.
Kepa bir mavsum davomida o'z darvozasi tomon aniq yo'llangan zarbalarning bor-yo'g'i 54,5 foizini qaytara olgan. APL tarixidagi bir mavsum davomida kamida 10ta o'yin o'tkazgan darvozabonlar statistikasi o'rganilganda, Arrisabalaga eng so'nggi — 730-pog'onani egalladi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik posbon 2018 yilda darvozabonlar uchun rekord hisoblangan 71,6 mln funt sterling evaziga "Atletiko"dan "Chelsi"ga o'tgan edi.
Kepa joriy mavsumida londonliklar safida barcha musobaqalar doirasida 41ta o'yinda maydonga tushib, 58ta to'p o'tkazib yubordi. U bor-yo'g'i 8ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.