So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Saudiyalik investorlar «Nyukasl»ni xarid qilish fikridan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205
Saudiya Arabistoni investitsiya jamg'armasi «Nyukasl»ni xarid qilish fikridan voz kechdi. Bu haqda "Sky Sports" xabar tarqatdi.
«Nyukasl aholisi va futbol klubiga chuqur hurmatni saqlagan holda shuni ma'lum qilamizki, biz «Nyukasl Yunayted» futbol klubini xarid qilish maqsadidan voz kechishga qaror qildik.
Biz bundan afsusdamiz. Chunki bu buyuk shaharga investitsiya kiritish niyatida edik. Klubni o'z tarixi, an'analariga mos pog'onaga ko'tarishga ishonchimiz komil edi.
Yakunda esa bizga ma'lum bo'lmagan sabab tufayli jarayon cho'zilib ketdi. Natijada Investitsiya jamg'armasi va klub egasi o'rtasidagi kelishuv muddati yakuniga etdi. Yangi mavsum boshlanishiga yaqin qolganiga qaramay, bizning investitsion rejamiz qo'llab-quvvatlanmadi», — deyiladi bayonotda.
Aprel oyining o'rtalarida «Nyukasl»ning hozirgi xo'jayini Mayk Eshli klubni Muhammad bin Salmon boshchiligidagi Saudiya Arabistoni investitsiya jamg'armasiga 300 mln funt sterlingga sotish borasida kelishuvga erishgani haqida xabar tarqalgan edi. Ammo Angliya premer-ligasi ba'zi sabablarga ko'ra ushbu kelishuvni ro'yxatga olishni istamadi.