So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
RPL Shomurodov va O'runovni sovrinlar uchun da'vogarlar safiga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 272
Rossiya Premer-ligasi yakunlangan mavsum bo'yicha individual sovrinlar uchun da'vogar futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi o'yinchi va eng yaxshi yosh o'yinchi sovrinlarinini quyidagi mutaxassislar aniqlashadi: RPL klublari bosh murabbiylari va sardorlari, «Match Premer»ning 5 nafar ekspertlar, 7 nafar jurnalist va Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov. Har bir ekspert nominatsiya bo'yicha 3 nafar nomzodni taqdim etadi (birinchi o'ringa — 5 ball, ikkinchi o'ringa — 3 ball, uchinchi o'ringa 1 ball beriladi).
Mavsumning eng yaxshi o'yinchisi nominatsiyasiga "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov ham kiritildi. Barcha nomzodlar:
Artyom Dzyuba, Serdar Azmun, Vilmar Barrios, Duglas Santos (barchasi — «Zenit»), Gjegoj Krixovyak, Aleksey Miranchuk (barchasi — «Lokomotiv»), Nikola Vlashich (TsSKA), Eldor Shomurodov («Rostov»), Evgeniy Lutsenko («Arsenal»), Daniil Fomin («Ufa»), Aleksandr Sobolev («Kriilya Sovetov»/«Spartak»), Erik Bikfalvi («Ural»).
Mavsumning eng yaxshi yosh o'yinchisi nominatsiyasiga "Ufa" yarim himoyachisi Oston O'runov kiritildi:
Fedor Chalov, Ivan Oblyakov, Kristiyan Bistrovich, Igor Diveev (barchasi — TsSKA), Magomed-Shapi Suleymanov, Matvey Safonov, Daniil Utkin (barchasi — «Krasnodar»), Daniil Lesovoy («Arsenal»), Aleksandr Maksimenko («Spartak»), Maksim Glushenkov («Krilya Sovetov»), Xvicha Kvaratsxeliya («Rubin»), Oston O'runov («Ufa»).