FIFA prezidenti Infantinoga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309

Shveytsariya maxsus prokurori FIFA prezidenti Janni Infantinoga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi. Bu haqda "Independent" xabar tarqatdi.
Infantino hamda o'tgan haftada iste'foga chiqqan Shveytsariya bosh prokurori Maykl Lauber o'rtasida ishni ko'rib chiqish uchun maxsus prokuror tayinlangan edi. Lauber o'z jamoasi bilan FIFAdagi korruptsiya bilan ayblovlar yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borgan, ammo buni kuzatuvchilardan yashirgan.
Infantino va Lauber ustidan tushgan shikoyatlarni o'rganish uchun tayinlangan maxsus prokuror Stefan Keller jinoyat alomatlarini topgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
422