Masharipovga qiziqqan klub Turkiya kubogini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 262
49
«Trabzonspor» Turkiya kubogi sovrinini qo'lga kiritdi. Jamoa finalda «Alanyaspor» bilan to'qnash kelib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida Abdulqodir Umur hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 6-daqiqada «Alanyaspor» futbolchisi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi, biroq gol ofsayd tufayli inobatga olinmadi. Qo'shib berilgan 10-daqiqada «Trabzonspor» hujumchisi Aleksandr Sorlot yakuniy hisobni o'rnatdi.
«Trabzonspor» o'z tarixida 9-marta Turkiya kubogini qo'lga kiritdi va bu ko'rsatkich bo'yicha «Beshiktosh»ga etib oldi. Bu borada rekordchi — «Galatasaroy» (18 marta).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364