De Bryuyne APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Professional futbolchilar assotsiatsiyasi versiyasiga ko'ra, Angliya premer-ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Belgiyalik futbolchi hisobida ovozlarning 45 foizi to'plandi. Ikkinchi va uchinchi pog'onalarni «Liverpul» a'zolari — Jordan Xenderson (27%) va Sadio Mane (11%) egallashdi.
Ushbu sovrin 1973/74 yilgi mavsumdan buyon har yili topshirib kelinadi. O'tgan mavsumda «Liverpul» himoyachisi Virjil Van Deyk g'olib chiqqan edi. Bu safar u to'rtinchi o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
362