So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Evropaning top-5 chempionatlarining ramziy jamoasi tuzildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 331
Taniqli WhoScored portali Evropaning top-5 chempionatlari yakunlari bo'yicha ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
Eng ko'p vakil (4 nafar) Germaniya bundesligasi va Angliya premer-ligasidan olingan bo'lsa, Italiya A seriyasidan ikki futbolchi (ulardan biri — Krishtianu Ronaldu) jamoaga kiritilgan. La liganing yagona vakili esa Lionel Messi bo'ldi.
"Breshiya" darvozaboni Essi Yoronen va "Byornli" himoyachisi Jeyms Tarkovskining ramziy jamoadan o'rin olgani kutilmagan qaror bo'ldi.
"WhoScored" versiyasiga ko'ra 2019/2020 yilgi mavsumning ramziy jamoasi:
Darvozabon: Essi Yoronen (Breshiya)
Himoyachilar: Rikardo Pereyra (Lester) Virjil van Deyk (Liverpul), Jeyms Tarkovski (Bernli), Alfonso Devis (Bavariya)
Yarim himoyachilar: Timo Verner (Leyptsig/Chelsi), Kevin de Bryuyne (Man Siti), Jeydon Sancho (Borussiya D), Lionel Messi (Barselona)
Hujumchilar: Robert Levandovski (Bavariya), Krishtianu Ronaldu (Yuventus)