So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Sevilya» futbolchisi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229
«Sevilya» klubi futbolchilaridan biri koronavirusga chalindi, deya xabar tarqatdi "AS" nashri.
Klub test natijasi musbat chiqqan futbolchining nomini oshkor qilmoqda. Ammo u izolyatsiyaga olindi. Klubning qolgan a'zolari esa takroran test topshirishdi.
"Yakshanba kuni o'yinchilar, murabbiylar shtabi, qolgan xodimlar test topshirishgan edi. Asosiy jamoaning bir a'zosida COVID-19 infektsiyasi aniqlandi. Virusga chalingan insonda kasallik simptomlari yo'q, u o'zini yaxshi his qilmoqda. U hozir izoyatsiyaga olingan", — deyiladi klub tarqatgan bayonotda.
Ma'lumot o'rnida. "Sevilya" 6 avgust kuni Evropa ligasi nimchorak final bosqichi doirasida "Roma" bilan to'qnash keladi. Uchrashuv Duysburg shahrida bo'lib o'tadi.