Jasur Jaloliddinov: «Lokomotiv» haqida ko'p ma'lumotga egaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 507

Moskvaning "Lokomotiv" klubi o'zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov transferini e'lon qildi. Jaloliddinov "temiryo'lchilar" safidagi ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Albatta "Lokomotiv" haqida ko'p ma'lumotga egaman. Klubga o'tishimdan oldin uning tarixini o'rgandim, chempion bo'lgani haqidagi filmni tomosha qildim, jamoadagi futbolchilar haqida ham bilaman.
Aleksey Miranchuk bilan tanishib olmoqchiman, biz bir xil uslubda o'ynaymiz va men ham chapaqayman. Biroz hayajonlanyapman, biroq bu yaxshi, chunki mas'uliyatni his qilyapman. O'yin boshlanganda esa hayajon ortda qoladi", dedi Jaloliddinov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
332