Minole nima uchun «Liverpul»dan ketganini bilasizmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 322

Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq darvozaboni, ayni paytda "Bryugge" klubi sharafini himoya qilayotgan Simon Minole nima uchun jamoani tark etganini ochiqladi.
«Agar haqiqatdan ham asosiy tarkib bilan kurashishga kuchim etganida jamoada qolgan bo'lardim. Alisson jarohat olganida asosiy tarkibda maydonga tushdim. Agar 10 ta zarbani qaytargan taqdirimda ham baribir keyingi safar asosiy tarkibda maydonga tushmasdim. Agar Alisson bir-ikkita gol "olib kelgan" bo'lsa ham, baribir keyinchalik asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'lardi. Shularni bilib turib "Liverpul"da qolishdan nima ma'no bor?
Albatta, «Liverpul»da qolib, EChLda g'olib chiqib, ko'pgina ishlab topishim mumkin edi, lekin men o'ynashni xohlayman, shuning uchun jamoadan ketishga qaror qilganman».

Bosh sahifaga
335