Abidal Arturga qo'ng'iroq qildi va...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 402

Kataloniyaning "Barselona" klubi sport direktori Erik Abidal Arturni Evropa Chempionlari Ligasi o'yinlarida ishtirok etishiga ko'ndira olmadi. Braziliyalik futbolchi o'z vataniga jo'nab ketdi va "Barselona" klubi ixtiyoriga qaytib kelish niyatida emas. Chunki, Arturni kelasi mavsum uchun «Yuventus» klubi bilan shartnomasi mavjud.
Xabarda aytilishicha, Abidal uzoq vaqt yarim himoyachi bilan gaplasha olmagan. Frantsiyalik mutaxassisning qo'ng'iroqga futbolchi uzoqda javob berdi va suhbatning mazmunini tinglaganidan so'ng, qaytib bezovta qilmasliklarini so'radi.
Kataloniyaliklar EChL o'yinlari uchun mashg'ulotlarni boshladi. Lekin, jamoa bosh murabbiyi Kike Seten ushbu o'yinlarda Arturni hisobga olmayapti.

Bosh sahifaga
400