«Manchester Siti»ni evrokuboklarda ishtirok etmasligini so'ragan klublar ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 678

APLning 9 klubi Sport arbitraj sudi yig'ilishida «Manchester Siti»ni evrokuboklardan chetlatishni so'ragan. Bu haqda Sky Sports nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, «Arsenal», «Byornli», «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Lester», «Nyukasl», «Liverpul», «Tottenhem» va «Vulverhempton» jamoalari «shaharliklar»ni chetlashtirilishi so'ragan.
Eslatib o'tamiz, SAS yakunda «Manchester Siti»ning 2 yillik diskvalifikatsiyani bekor qildi. Yig'ilishdagi qatnashchilarning ko'pchiligi «shaharliklar»ning homiylik daromadlari oshirib yuborilmagan, degan xulosaga kelishdi. Shunga qaramay klub tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun 10 mln evro miqdorida jarimaga tortildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
404