«Arsenal» Boga uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 427

Londonning "Arsenal" klubi ham "Sassuolo"ning hujumkor yarim himoyachisi Jeremi Boga uchun kurashga qo'shildi. "Kanonirlar" futbolchining transferi borasida "Sassuolo" rahbariyati bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Italiya matbuotining xabariga ko'ra, "Sassuolo" futbolchisini baland narxga baholamoqda. Jamoa Boga transferidan kamida 40 million evro ishlab olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Jeremi "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Havbek "Sassuolo" safida 2018 yildan buyon harakat qilib kelmoqda. Joriy mavsum Boga "A" Seriyada 11ta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
427