«Real Madrid» Serxio bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1007

Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Regilon "qirollik klubi"ni tark etishi mumkin. Bu haqda AS nashri yozmoqda.
"Qaymoqranglilar" yozgi transfer oynasida futbolchilar sotuvidan taxminan 100 million evro ishlab olmoqchi. Regilon ham jamoani tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatida.
"Real Madrid" ispaniyalik himoyachini yaxshigina narxga sotishiga ishonmoqda. Regilon ijara asosida harakat qilgan "Sevilya"da yaxshi mavsum o'tkazdi.
Ma'lumot uchun, 2019/20 yilgi mavsumda himoyachi 34ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan. Avvalroq, himoyachiga PSJ qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
438