So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ronaldu «Oltin butsa» uchun kurashdan chiqdimi? U «Kalyari»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 425
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 37-turi doirasida bo'lib o'tadigan «Kalyari»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar tarqatdi.
«Yuventus» muddatidan avval Italiya chempionligini qo'lga kiritdi. Shu bois, turinliklar murabbiylar shtabi «Lion»ga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi bahsi oldidan ehtiyot yuzasidan 35 yoshli futbolchiga dam berishi mumkin. Eslatib o'tamiz, "byankoneri" dastlabki o'yinda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
«Kalyari» — «Yuventus» uchrashuvi 29 iyul kuni bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, Ronaldu Evropa chempionatlarining eng yaxshi to'purariga beriladigan "Oltin butsa" sovrini uchun kurashda «Latsio» hujumchisi Chiro Immobile va «Bavariya» forvardi Robert Levandovskidan 3ta to'pga ortda qolmoqda. "Keksa sinora" so'nggi turni 1 avgust kuni "Roma"ga qarshi o'tkazadi.