So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bektemir Meliqo'zievning navbatdagi raqibi va jang muddati aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 302
Professional boksning super o'rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo'ziev (5-0, 4 KO) 28 avgust kuni o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Shu kuni Bektemirga meksikalik Alan Kampa (17-5, 11 KO) raqiblik qiladi.
Jang 28 avgust kuni (Toshkent vaqti bilan 29 avgust tongida) Kaliforniya shtati, Indio shahridagi Fantasy Springs Resort Casino majmuasida bo'lib o'tadi.
Ma'lumot uchun, Bektemir Meliqo'zievning bo'lajak raqibi Kampa, o'z vaqtida mashhur bokschilar Sergey Derevyanchenko, Jessi Hart (ikkkita mintaqaviy chempionlik kamari uchun) kabi bokschilar bilan ringga chiqqan. So'nggi jangida engilmas Erik Bajinyanga qarshi ikkita mintaqaviy chempionlik kamari uchun jangda imkoniyatni boy bergan.
Manba: gosport.uz