Lovren ortidan Pastore ham Rossiyaga yo'l oladimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 350

Rimning «Roma» klubi yarim himoyachisi Xaver Pastore Rossiyaning «Zenit» klubiga o'tishi mumkinligi haqida Il Messaggero portali xabar bermoqda.
Pastorening o'zi esa faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan davlatlardan tushadigan barcha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. «Zenit»dan tashqari, Pastorega Evropaning bir qator klublari, shuningdek, Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Shu yilning fevral oyida «Zenit» Pastore bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rgandi. Lekin futbolchi Rossiyaga borishni istamagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
428