42 yildan beri Angliyaning birorta o'yinini o'tkazib yubormagan muxlis JCh uchun 400 ming evrolik uyini sotib yubordi

62 yoshli angliyalik Endi Miln shu yozda Amerika Qo'shma Shtatlarida bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi ishtirokidan zavqlanish uchun keskin qadam tashlashga qaror qildi. U safar xarajatlarini qoplash uchun o'z uyini sotib yubordi. Sotuvdan u taxminan 400 ming evro mablag' ishlab oldi.
Miln 80-yillarning boshidan beri Angliya terma jamoasiga muxlislik qiladi. U ilk bor 19 yoshida, 1982 yilda Ispaniyada o'tgan Jahon chempionatiga tashrif buyurgan. O'shandan beri u inglizlarning mundiallardagi har bir o'yinini stadiondan tomosha qilib kelmoqda — bu nafaqat erkaklar, balki ayollar terma jamoasiga ham tegishli!
A Bola nashrining aniqlik kiritishicha, gap haqiqatan ham noyob va fidoyi muxlis haqida ketmoqda.