"42 jamoa. 1 orzu". FIFA JCh-2026 rasmiy posterini taqdim etdi

FIFA o'zining rasmiy Instagram sahifasida JCh-2026'ga chiqqan 42 ta terma jamoaning asosiy yulduzlaridan iborat posterni taqdim etdi.
Undan O'zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham o'rin olgan.
"42 jamoa. 1 orzu", - deyiladi posterga izohda.
