Rummenigge «Manchester Siti»ning bekor qilingan diskvalifikatsiyasida kimni aybladi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241

Myunxenning «Bavariya» klubi boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge Sport arbitraj sudining «Manchester Siti» klubi borasidagi qaroriga o'z munosabatini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, UEFA isboti yo'q hujjatlarni taqdim etgan. Biroq, u Gvardiola qo'l ostidagi «shaharliklar» EChLda ishtirok etishlaridan xursandligini ham aytib o'tdi.
«CAS bu qarorni faqatgina UEFA bu masalada yomon ishlagani uchungina qabul qildi. Bu haqda juda ko'plab manbalar gapirishmoqda. Ehtimol, ular shunchaki to'g'ri tayyorgarlik ko'rishmagan. Umuman olganda, «Manchester Siti»ni tabriklayman, shaxsan Xosep Gvardiolani muborakbod etaman. U uchun Evropa chempionlari ligasini yutish juda muhim», - dedi Rummenigge Bavarianfootballworks bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
411