So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL evrokuboklarda ishtirok etadigan klublar uchun yangi mavsumning boshlanishini kechiktirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 505
APL rahbariyati Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi musobaqalarining joriy mavsumi pley-off bosqichida ishtirok etadigan klublar uchun qo'shimcha dam olish imkoniyatni taqdim etishi mumkin. Bu haqda "Sky Sports" xabar tarqatdi.
Evrokuboklarda ishtirok etgan jamoalarga ularning so'nggi o'yinidan keyin 30 kun dam olish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. Ushbu masala Liganing 6 avgust kuni bo'ladigan yig'ilishida ko'rib chiqiladi. APLning 2020/21 mavsumi 12 sentyabr kuni boshlanishi belgilangan edi.
Chempionlar ligasida ishtirok etayotgan «Manchester Siti» va «Chelsi» klublari, agar finalga chiqishsa, ular uchun APLdagi mavsum 22 sentyabr kunidan boshlanadi. Evropa ligasida qatnashayotgan «Vulverxempton» va «Manchester Yunayted» klublari hal qiluvchi o'yinga etib borishsa, Angliya chempionatini 20 sentyabr sanasidan boshlashadi.
Ingliz klublari evrokuboklarning nimchorak final bosqichi dastlabki o'yinida quyidagi natijalar qayd etishgan edi:
«Chelsi» - «Bavariya» - 0:3
«Real» - «Manchester Siti» - 1:2
«Olimpiakos» - «Vulverxempton» - 1:1
LASK - «Manchester Yunayted» - 5:0.
EChLda javob o'yinlari 7–8 avgust, Evropa ligasida javob bahslari 5–6 avgust kunlari bo'lib o'tadi.