So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Kevin Kostner qaysi klubga muxlislik qiladi? Silvestr Stallonechi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 464
Stadion.uz taniqli kinoaktyorlar muxlislik qiladigan klublar bilan tanishtirib o'tadi.
Shon Bin
O'zining “Uzuklar hukumdori”dagi roli bilan butun dunyoga mashur bo'lgan aktyor uzoq yillardan beri “Sheffild Yunayted” klubining ashadiy muxlisi sanaladi.
E'tiborlisi shundaki, Shon jamoani quyi ligalarda ham yolg'iz qoldirmaslikka harakat qildi. Bugungi kunda uning jamoasi APLda barchaga o'z hukmini o'tkazishga harakat qilmoqda.
Jud Lou
Asosan intelekti juda yuqori bo'lgan personajlarni ekranga olib chiqishi bilan tanilgan Lou chinakam ingliz yigiti. U futbolning ashaddiy muxlisi sanaladi. Ikki bor Oskar mukofotiga da'vogarlik qilgan aktyor bir nechta juda mashhur filmlarda rol ijro etishga ulgurgan.
Qahramonimiz bolaligidan boshlab Londonning “Tottenhem” jamoasi o'yinlarini o'tkazib yubormaslikka harakat qiladi. Bundan tashqari, u Xarri Rednappning chinakam do'sti sanaladi. Hatto unga “Tottenhem” jamoasi uy uchrashuvlarini bepul tomosha qilishga ijozat beruvchi “oltin karta” hadya qilgan.
Samuel L. Jekson
Bu aktyorni ortiqcha ta'riflashga xojat yo'q. U ishtirok etgan filmlarning barchasi kinotanqidchilar tomonidan yuqori baholangan desak, adashmagan bo'laman.
AQShda istiqomat qiluvchi aktyor Britaniyada juda kam bo'lishga qaramay, “Liverpul”ning o'yinlarini muntazam kuzatib borishini yashirib o'tirmaydi.
Qahramonimiz yaqindagina “Liverpul”ni o'z ijtimoiy tarmoqlari orqali chempionlik bilan tabriklashga ham unutmadi. Darhaqiqat, “Liverpul” muxlislari o'z bazasida Samuel L. Jekson singari akyor borligidan faxrlanishi lozim.
Silverst Stallone
Gollivudning eng nomdor insonlaridan biri esa, Samuelning chinakam raqibi sanaladi. Sababi, u Liverpul shahrining boshqa bir klubi – “Everton”ni qo'llab-quvvatlashni avzal ko'radi.
“Rokki” va “Rembo” filmlari orqali butun dunyo e'tirofiga sazovar bo'lgan Silvestr ilk bor “Gudison Park”ka tashrif buyurganidayoq o'zini “Everton”ga nisbatan bee'tibor emasligini ma'lum qiladi.
“Rokki” filmining 7 qismi uchun suratga olish ishlarida ishtirok etgan Stallone o'zi bilmagan holda “Everton” muxlisiga aylanadi. Aktyorning o'zi so'nggi intervyusida endlikda faqat “Everton”ga muxlislik qilishini rasman e'lon qildi.
Xaver Bardem
Konar orollarida tavallud topgan bo'lsada, Ispaniya kino olamining qiroli darajasiga etgan Bardem haqida soatlab so'zlash mumkin.
“Yo'llanma qotil” – Anton Chigura rolini mohirlik bilan ijro etgan Xaver deyarli barcha “el-klassiko”larni stadiondan turib tomsha qilishga odatlangan. U faqat “Real”ga qarshi o'yinlardagina “Barselona”ni qo'llab quvvatlaydi.
Boshqa payt “Atletiko”ning ashaddiy ishqibozi sanaladi. Uning turmush o'rtog'i – Pinilopa Kruz esa, aksincha Madridning boshqa klubiga (“Real”) muxlisalik qiladi.
Kevin Kostner
Birgina “Tansoqchi” filmi orqali katta mashhurlikka erishgan Kevin haqida ortiqcha so'zlashga xojat yo'q.
Kevin 2014-yilda “Arsenal”ning uy stadioniga tashrif buyuradi. Kino olish jarayonida ishtirok etish uchungina Londonga kelgan aktyor imkoniyatdan qulay foydalanadi va o'sha kuni “Arsenal” va “Byornli” o'rtasidagi o'yinni “Emireyts”da tomosha qiladi. O'yin yakunlangach, stadion chimini qo'l bilan ushlagan aktyor “Arsenal”ning muxlisi ekanligini rasman e'lon qiladi.
Tom Kruz
Gollivudning eng baland gonararli aktyori sanalmush Tom Kruz ham futboldan chetda qolmagan.
Qahramonimiz bir necha yillardan beri “Real Madrid” klubining muxlisi ekanligini barchaga ko'z-ko'z qilib kelmoqda. Hatto 2016-yilda bo'lib o'tgan EChL final uchrashuvida Tom AQShdan Evropaga o'z samaliyotida uchib keldi va sevimli klubini yolg'iz qoldirmadi.
Rassel Krou
Birgina “Gladiator” filmi bilan Kino olamida o'ziga haykal o'rnatgan Rassel ham futbolga befarq emas.
Rassel bo'sh vaqti bo'lishi bilan Rimga yo'l olishni hush ko'radi. Uni bir necha yillardan beri “Roma”ga muxlislik qilishi ko'pchilikka sir emas.
Qahramonimiz “bo'rilar”ning EChL doriasidagi “Liverpul”ga va“Barselona”ga qarshi uchrashuvlarida barcha singari ishqibozlik qilgani aks etgan video roliklar internetda juda ko'p.
Avstraliyalik aktyorni “Roma” jamoasi Rim shahrining shavkatini oshirgani uchun bir necha bor turli sovg'alar bilan xursand qilgan. Ayni damda, Krou ijtimoiy tarmoqlar orqali sevimli jamoasidagi o'zgarishlarni muhokama qilmoqda.
Tom Xenks
2019-yilning yozida “Terminal” filmi bosh qahramoni barchani hayratda qoldirdi. U o'z intervyusida endlikda “Astov Villa”ning muxlisi ekanligini ma'lum qilgan. Tom o'z tanlovini quyidagicha izohlaydi: “AQShdan suratga olish ishlarini amalga oshirish uchun Londonga uchib keldim. Vaqtdagi tafovut singari kun bo'yi uxladim va kechga yaqin o'rinimdan turdim. Qarsam, Londonda endi kech kirgan. Nima qilishni bilmay televizorni yoqdim. U erdan futbol uchrashuvi bo'layotgan ekan. Ikki jamoa to'qnashuvi. Ularning birini eslay olmayman, biroq ikkinchi aniq “Aston Villa” edi. Jamoaning nomi mening xotiramda saqlanib qoldi. Eshitilishi juda yoqimli “Aston Villa”! Aynan shu voqeadan so'ng, Birmingem klubining muxlisiga aylandim. Bugungi kunda jamoaning APLdagi o'yinlarini ko'rib borishga intilaman.”