So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xitoy Superligasi. "Shanxay SIPG" g'alaba qozondi. Ahmedovdan assist
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188
Xitoy Superligasining 1-turida «Shanxay SIPG» 27 iyul, dushanba kuni «Tyanszin Teda» maydoniga safar qildi. Mazkur o'yinda mexmonlar 3:1 hisobid zafar quchdi.
O'yinning 64-daqiqasida hamyurtimiz Odil Ahmedov o'z nomiga assist yozdirib qo'ydi. Odilning uzatmasidan keyin Rikardo Lopes dublni rasmiylashtirib, yakuniy hisobni o'rnatdi.
O'zbekistonlik futbolchi uchrashuvning 68-daqiqasida zaxiraga olindi. Shu tariqa «Shanxay SIPG» mavsumni g'alaba bilan boshladi.
Xitoy Superligasi, 1-tur.
«Tyanszin Teda» — «Shanxay SIPG» 1:3Gollar: 1:0 – 6 Jun Hao, 1:1 – 40 Rikardo Lopes, 1:2 – 44 Van Shenchao, 1:3 – 64 Rikardo Lopes.
«Tyanszin Teda»: Du Szya, Chjao Hunlyue, Bay Yuefen, Jun Hao (Huey Szyakan, 80), Chen Kaymu, Lyu Yan, Lyu Jofan (Syan Yuymyao, 75), Syu Tyani, Go Hao, Achimpong, Syao Ji.
«Shanxay SIPG»: Yan Szyunlin, Van Shenchao, Shi Ke, Fu Huan (Lyuy Venszyun, 72), Yuy Hay, Odil Ahmedov (Arnautovich, 68), Oskar, Mirahmetjan Muzepper, Chen Binbin, Xalk, Rikardo Lopes.
Ogohlantirishlar: Fu Huan (5), Syao Ji (45).
Manba: www.stadion.uz.