So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Luchesku nima uchun "Dinamo"dan ketdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 345
Ruminiyalik murabbiyi Mircha Luchesku nima uchun Kievning «Dinamo» klubidan ketganini aytib berdi. Luchesku "Dinamo" tarkibida atigi to'rt kun ishladi.
«Taklif uchun Surkisovga minnatdorchilik bildiraman, biroq, bunday muhitdi ishlashni imkoniyati yo'q. Menga muxlislarning qo'llab-quvvatlashi kerak edi.
Men hech qachon qo'rqoq bo'lmaganman, barcha takliflarni ko'rib chiqqanman. «Galatasaray»dan «Beshiktosh»ga yoki Buxarestning «Dinamo»sidan «Rapid» klublariga o'tganman. Meni umid bilan qarshi olishgan.
Muxlislar o'z sevimli klublari manfaatlariga zid qaror qabul qilishlarini tushunmayman. Gap pul haqida emas. Men o'zimga yoqqan haqiqiy Ukraina futbolini qaytarmoqchi edim. Men ukrainalik yosh iqtidorlarga ishonardim, muxlislar olqishiga sazovor bo'lishini xohlardim», – dedi Luchesku GSP.ro saytiga.