Sanches yana bir mavsum "Inter"da qolishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 460

Italiya matbuotining xabariga ko'ra, chililik vinger yana bir mavsum "Inter"da qolishi mumkin. Hozirda Aleksis "neradzurrilar" safida ijarada harakat qilmoqda.
Tomonlar ijara muddatini uzaytirish borasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi. "Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte Sanchesni keyingi mavsum uchun asosiy futbolchi sifatida ko'rmoqda.
Ma'lumot uchun, Aleksis "A" Seriyaning eng yaxshi assistentlaridan bo'lib turibdi. U joriy mavsumning asosiy qismini o'tkazib yuborganiga qaramay, 10ta golli pasni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
354