So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Verona» murabbiyi: «Faqat pul uchun futbol o'ynaymiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 417
Italiyaning «Verona» klubi bosh murabbiyi Ivan Yurich «Latsio» klubiga qarshi o'yindan keyin futbol rahbarlarini tanqid qildi. Uning qo'l ostidagi jamoa rimliklarga 1:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Yurichning fikricha, bu turnirni haqiqiy futbol bilan solishtirish qiyin.
«Biz faqat pul uchun o'ynaymiz. Bu futbol emas. Bu erda hech qanday his-hayajon yo'q. Futbolchilar qo'llaridan kelganini qilishmoqda. Ularning ko'pchiligini og'riq qoldiruvchi dorilarni qabul qilishga majbur bo'lishmoqda. Futbol boshqa narsa. Futbolda muxlislar va boshqa tuyg'ular bo'lishi kerak», – dedi murabbiy.
«Verona» karatingacha evrokuboklarga yo'llanma beruvchi o'rinlarga davogarlik qilayotgandi. Hozirgi kunga kelib esa turnir jadvalining o'rta pog'onalarini band etib turibdi.