Immobile italiyalik futbolchilar orasida A seriya rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 250

«Latsio» hujumchisi Chiro Immobile «Verona»ga qarshi o'yinda (5:1) o'z hisobiga 3ta gol yozdi. Shu tariqa, futbolchi A seriyaning joriy mavsumidagi gollari sonini 34taga etkazib oldi.
"Gracenote Live" tarqatgan xabarga ko'ra, bu italiyalik futbolchilar orasidagi yangi rekord hisoblanadi.
«Inter» sobiq futbolchisi Antonio Anjelillo 1958/58 yilgi mavsumda Italiya chempionati doirasida 33ta gol urgan. Immobile uning rekordini yangiladi.
A seriyada bir mavsumdagi gollar soni bo'yicha umumiy rekord esa Gonsalo Iguainga tegishli — 36 gol.
Manba: bombardir.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
405