Kataloniyada eng ko'p qo'yilayotgan ismlardan biri — Leo
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 246

Kataloniya statistika instituti mamlakatda yangi tug'ilgan chaqaloqlarga eng ko'p qo'yilayotgan ismni oshkor qildi.
Kataloniyada 2019 yilda tug'ilgan 500 nafar o'g'il bolaga Leo ismi qo'yilgan. Albatta, bu «Barselona» sardori Lionel Messi bilan bog'liq. Bu esa yangi tug'ilgan o'g'il bolalarning 8,22 foizini tashkil qiladi.
Ushbu raqam yildan yilga oshib bormoqda. Masalan, 2010 yilda Leo ismiga ega bo'lganlar 136 nafar bo'lsa, 2017 yilda ularning soni 433taga etgan.
Mark ismi esa mintaqadagi eng ommabop ism hisoblanadi. 2019 yilda 622 nafar bolaga shunday ism qo'yilgan.
Kataloniyada qizlarga eng ko'p qo'yiladigan ismlar — Yuliya va Martina.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
397