Mourino yakunlangan mavsumga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 373

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionati yakunlari bo'yicha o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Mavsum ajoyib o'tdi. Chempionlar ligasi finalidan keyin jamoada ko'tarilish va qulash davri bo'ldi. Lekin biz saviya namoyish etib, natija ko'rsatganimizdan xursandman.
Shaxsiy nuqtai nazardan men baxtliman. Men kelganimdan keyin qo'lga kiritilgan ochkolar bo'yicha to'rtinchi o'rinni egalladik. Men murabbiy bo'lganimdan keyin ba'zi jihatlarimizni yaxshilashga muvaffaq bo'ldik", — dedi portugaliyalik mutaxassis "Sky Sports"ga intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "shporlar" APL jadvalida 6-o'rinni egallab, Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoa Mourino qo'lostida jami 35ta o'yin o'tkazib, unda 16ta g'alaba, 11ta mag'lubiyat va 8ta durang qayd etdi.

Bosh sahifaga
421