"Yuventus"ning ikki asosiy tarkib futbolchisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 373
Turinning "Yuventus" klubi Italiya "A" Seriyasining 36-turida "Sampdoriya"ni mag'lub etib, chempionga aylandi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida himoyachi Danilo raqib futbolchisi Gaston Ramires bilan bo'lgan to'qnashuvda jarohat oldi va o'z o'rnini Federiko Bernardeskiga bo'shatib berdi.
Oradan 11 daqiqa o'tib "keksa sinoralar" etakchisi Paulo Dibala ham jarohat oldi. Uning o'rniga maydonga Gonsalo Iuain tushirildi. Hozircha futbolchilarning jarohati qanchali jiddiyligi borasida rasmiy ma'lumotlar yo'q.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!