"Bavariya" himoyachisi qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 202
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Benjamen Pavar qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi.
Bild nashrining xabariga ko'ra, himoyachi jarohati sababli 6 haftani o'tkazib yuboradi. Pavar "Bavariya"ning kechagi mashg'ulotlarida jarohat olgan edi.
Shu tariqa, Pavar "Bavariya"ga chempionlar ligasining pley-off bosqichida yordam bera olmaydi.
Eslatib o'tamiz, bu mavsum Pavar 32ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va 5ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!