"Borussiya" Sanchoga o'rinbosar izlashni boshladimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 299

The Times nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Dortmundning "Borussiya" klubi jamoa hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning o'rniga yangi futbolchi izlashni boshladi. Sababi, Sanchoga Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Shu sababli, "Borussiya" klubi rahbariyati Frantsiyaning "Lill" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jonatan Ikonani sotib olishni rejalashtirmoqda. O'z vaqtida frantsuz klubi o'z futbolchisining transferi uchun 41 milli funt sterling talab qilmoqda.
Sanchoning o'zi "mankunianlar" bilan shaxsiy shartnomasi borasida kelishuvga erishganligi haqida ma'lumotlar tarqaldi, biroq, dortmundliklar Sanchoni 90 million funt sterlingdan kamiga sotish niyatida emas, "MYu" esa ushbu transfer borasida hali bir to'xtamga kelmadi.

Bosh sahifaga
382