«Liverpul» Bundesligadan yangi himoyachi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 290

Nemis matbuoti tarqatgan ma'lumotga qaraganda, Germaniyaning "Shalke" klubi himoyachisi O'zan Kabakka Angliyaning «Liverpul» klubi qiziqish bildirmoqda. 20 yoshli futbolchi jamoani tark etishi kutilayotgan Deyan Lovrenga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.
Taxminlarga ko'ra, xorvatiyalik Lovren yaqin vaqtlar ichida Rossiyaning «Zenit» klubiga ko'chib o'tadi. Agar ushbu bitim amalga oshadigan bo'lsa, u holda, «Liverpul» klubi safida uchta markaziy himoyachi qoladi.
«Shalke» o'z futbolchisini 35 million evro atrofida sotish niyatida. Lekin, angliyaliklar futbolchini arzonroqqa sotib olish niyatida.
Kabak – «Shalke»ning asosiy himoyachisi hisoblanadi. U joriy mavsumda 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
374