«Aston Villa» murabbiyi: «Grilishning kelajagi? Biz bugun ichamiz!»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359

Angliyaning «Aston Villa» klubi chempionatning 38-turidan keyin APLdagi o'z o'rnini saqlab qoldi. «Vest Xem» klubiga qarshi o'tkazilgan uchrashuvdagi yagona golni Jek Grilish kiritdi. "Aston Villa" etakchisiga top-klub klublar qiziqish bildirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi futbolchiga bo'layotgan qiziqishlarga hazilomuz tarzda javob qaytardi.
«Jek Grilishning kelajagi qanday kechadi? Shuni aytishim mumkinki, bugun biz to'yib ichamiz! Javob berishim kerak bo'lgan so'zlar - hozircha shular», – dedi BT Sport telekanaliga bergan intervyusida.
Grilishning transfer narxi 70-80 million funt atrofida baholanmoqda. Unga asosiy nomzod «Manchester Yunayted» klubi bo'lib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
357