APL. «Manchester Siti» mavsumni yirik hisobdagi g'alaba bilan yakunladi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 222
45Angliya chempionatining so'nggi turida «Manchester Siti» o'z uyida allaqachon Chempionshipga tushib ketgan «Norvich»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Kevin de Bryuyne "dubl"ga erishgan bo'lsa, Jezus, Sterling va Mahrez bittadan gol muallifiga aylanishdi. Yakuniy hisob — 5:0.
Shu tariqa, "Manchester Siti" o'z ochkolarini 81taga etkazdi.
Angliya premer-ligasi, 38-tur
Manchester Siti – Norvich 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 11 Gabriel Jezus, 2:0 – 45 de Bryuyne, 3:0 – 79 Sterling, 4:0 – 83 Marez, 5:0 – 90 de Bryuyne.
Manchester Siti – Ederson, Erik Garsiya (Fernandino, 46), Laport, Uoker, Joau Kanselu, de Bryuyne, Silva (Bernardu Silva, 85), Foden (Marez, 46), Rodri Ernandes (Gyundogan, 46), Sterling, Gabriel Jezus.
Norvich – Krul, Lyuis, Godfri, Aarons, Tsimmermann, Rupp, Kentuell (Tomas, 90), Maklin (Famevo, 90), Ernandes (Martin, 87), Shtipermann (Vranchich, 77), Pukki (Ida, 77).
Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (51), Tsimmermann (90).