Fabio Kapello futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 605

"Real" klubining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim ekanini aytdi.
"Messi hamon o'sha Messi. U — daho. Men uni futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi deb hisoblayman. "Barselona" — bu Messi. U faoliyatini yakunlaganidan keyin qanday vaziyat yuzaga kelishini ko'ramiz. U 17 yosh paytida men uni "Yuventus" safiga olib kelishni istagandim", - dedi Kapello "Marca" nashriga bergan intervyusida.
32 yoshli Messi joriy mavsumda "Barsa" safida barcha musobaqalar doirasida 42ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol urdi va 26ta golga uzatma berdi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
430