Sarri A seriyada eng yoshi katta chempion-murabbiyga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 319
«Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Skudettoni qo'lga kiritgan eng yoshi katta mutaxassisga aylanishi mumkin.
«Yuve» chempionga aylansa, Sarri 61,5 yoshda sovrin qo'lga kiritadi. Bu esa musobaqa rekordi hisoblanadi.
Shu paytgacha eng yoshi katta chempion-murabbiy Nils Lidxolm bo'lib kelayotgandi. U 1983 yilda «Roma» bilan 60 yoshu 7 oylikda Skudettoga ega chiqqan edi. Lidxolm bu yoshda ikkinchi chempionlikni nishonlagan bo'lsa, Sarri ilk marta A seriya g'olibiga aylanadi.
61 yoshli mutaxassis hisobida hozircha bitta sovrin bor. U 2018/19 yilgi mavsumda «Chelsi» bilan Evropa ligasida g'olib chiqqan.
«Yuventus» bugun tunda «Sampdoriya»ni mag'lub etsa, muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!