A seriya. «Inter» yirik hisobda g'alaba qozonib, 2-o'ringa ko'tarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 356
Italiya chempionatining 36-turi doirasida "Inter" Genuyada "Jenoa" klubi mehmoni bo'lib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
"Neradzurri" hujumchisi Romelu Lukaku "dubl"ga erishdi hamda mavsumdagi gollari sonini 23taga etkazib oldi. Yana bir gol esa Aleksis Sanches hisobiga yozildi.
Ushbu g'alabadan keyin "Inter" o'z ochkolarini 76taga etkazib oldi. "Atalanta" ushbu turda ochko yo'qotganidan foydalangan milanliklar jadvalda 2-o'ringa ko'tarilib olishdi. Jamoa peshqadam "Yuventus"dan 4 ochko ortda qolmoqda.
Italiya A seriya, 36-tur
Jenoa – Inter 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 34 Lukaku, 0:2 – 82 Sanches, 0:3 – 90 Lukaku.
Jenoa – Perin, Sapata, Krishito, Romero, Ankersen (Gilone, 76), Yagello, Bexrami (Shene, 59), Rovella (Destro, 77), Goldaniga, Favilli (Pandev, 70), Pinamonti.
Inter – Xandanovich, Ranokkiya, Shkrinyar (D`Ambrozio, 64), Godin, Biragi (Yang, 84), Galyardini, Mozes (Kandreva, 84), Brozovich, Eriksen (Valero, 64), Martines (Sanches, 64), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Krishito (16), Galyardini (42), Romero (45), Ranokkiya (74), Xandanovich (86).